Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1222025-04-17 15:56

So'x tumanida “Oilaviy zurovonlik holatlarini barvaqt oldini olish”, “Elga xizmat – oliy maqsad” shiorlari ostidagi kouching bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085140400221390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085140400222585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085140400223780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085140400224975.jpg
Tadbirni yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan o'tkazib, mutasaddilar tomonidan zaruriy hamda qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi. Jumladan, tadbir ishtirokchilari xotin-qizlarni taziyq va zo'ravonlikdan himoya qilish, bolalar nafaqasi, nogironlik belgilash, yakka-yolg'iz keksalar uchun imtiyozlar va “Inson” markazi tomonidan taqdim etiladigan boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Tadbir ishtirokchilari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishish bilan birga, interaktiv o'yin asosida markaz xodimlari rolida o'zlarini sinab ko'rdilar. Ularning taklif-mulohazalari tinglandi va barcha savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Tadbir davomidagi psixologik tavsiyalar va kichik treninglar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur uchrashuv davomida markaz psixologi I. Axmatov tomonidan ijtimoiy xodimlarga psixologik trening o'tkazildi. Unda psixologik ko'nikmalar, jumladan, stressga qarshi bardoshlilikni oshirish, ruhiy zo'riqishlarning oldini olish, nostandart holatlarda vaziyatni to'g'ri baholash va oqilona qaror qabul qilish, verbal, noverbal muloqot o'rnatish kabilarga alohida e'tibor qaratildi. Qiziqarli va samimiy ruhda o'tgan trening yakunida insonlarning jamiyatga ijtimoiylashishida, sog'lom fikrlab hayotga integratsiyalashuvida to'g'ri, maqsadli, samarali psixologik yondashuvning o'rni nihoyatda muhim ekanligini ta'kidlandi. Tadbirga jalb qilingan ishtirokchilarga mavzu bo'yicha atroflicha ma'lumotlar yetkazildi. Tadbirda ishtirok etgan So'x tuman IIB XPB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori podpolkovnik Sh. Shodmonova tomonidan “Oilaviy zurovonlik holatlarini barvaqt oldini olish” buyicha zaruriy ma'lumotlar bilan tanishtirdi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz