Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

602025-04-10 16:07

Qo‘shtepa tumanida bolajonlarning xatna to‘ylari o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518238895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518242480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518244870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518248455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518250845.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518255625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2084418518259210.jpg
Qo‘shtepa tumanining “Langar” mahallasi hududida 500 o‘rinli “Afsona” tantanalar saroyi qad rostladi. Mazkur binoning ochilish shodiyonasida tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan 17 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga xatna to‘ylari o‘tkazib berildi. Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev boshchiligidagi mas’ul idoralarning rahbarlari, tuman faollari va mahalla nuroniylari, shuningdek to‘y bolalarning oila a’zolari ishtirok etishdi. Tantananing ochilish marosimida tuman hokimi A.Abdullayev so‘zga chiqib to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tiladi. Tadbir davomida bolajonlarga to‘yona sifatida sovg‘alar ulashildi. Tantanali shodiyona jajjigina o‘g‘lonlar xotirasida yaxshilik, mehr va saxovat, shu bilan birgalikda Vatanga bo‘lgan muhabbat ramzi sifatida bir umrga muhrlanib, ularni hamisha xayrli ishlarga undab turishiga ishonamiz. To‘y marosimida yurtimizning taniqli san’atkorlari va tumanimizning xushovoz xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bolajonlar oila a’zolari bilan birgalikda raqsga tushib madaniy hordiq chiqardilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz