Qo‘shtepa tumanida aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadini oshirish hamda aholi xonadonlarida energiya samaradorligini keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusov, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi va O‘zsanoatqurilishbank Farg‘ona BXO vakillari, hokim yordamchilari, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda ta’minotchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar, tijorat banklari tomonidan esa “Yashil” imtiyozli kredit shartlari haqida batafsil tushuntirish berildi.