Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayevning navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, vakolatli davlat tashkilotlari va korxonalariga ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.