Tuman hokimining yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi
Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev ishtirokida Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Maqsad tumanimizdagi yoshlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishib, ularga yechim topishdan iborat bo‘ldi.
Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kredit olish bilan bog‘liq murojaatlari eshitildi.
Murojaatlarning ma’lum qismiga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topildi. Muddat talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.