Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

952025-04-01 12:12

Jahon kubogi farg‘onalik bokschining g‘alabasi bilan boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743491503830.jpg
Braziliyada boks bo‘yicha "World Boxing" tashkiloti tomonidan Jahon kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. U 30-martdan 7-aprelgacha davom etishi belgilangan. O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari ham mazkur musobaqada ishtirok etmoqda. Dunyoning 19 davlatidan kelgan 130 dan ortiq bokschilar ishtirokida o‘tayotgan mazkur kubok bellashuvlarining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili ilk jangini o‘tkazdi. Mazkur uch nafar bokschining biri bo‘lgan farg‘onalik Mirazizbek Mirzaxalilov -55 kg vazn toifasida shvetsiyalik Nebil Ibrahimni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz