Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Savol bering, javob beramiz!
2022-12-30 13:03:08 282
Savol: Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda maktab darsliklarining ijara miqdori bilan bog’liq holat ko’plab muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Shundan kelib chiqqan holatda maktab darsliklarining ijara puli uchun masalasida biror-bir shaxslarga imtiyozlar berilganmi, aagar berilgan bo’lsa aynan qanday toifadagi shaxslarga?
Javob: Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi vasiylik kengashining 2022-yil 31-avgustdagi
37-09-08/75-sonli bayonnomasi bilan 2022/2023-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara to‘lovlari miqdorlari tasdiqlandi.
Unga ko’ra, 2022/2023-o‘quv yilida ta’lim tili O‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari quyidagicha belgilangan:
2-sinf: 102 ming 700 so‘m;
3-sinf: 102 ming 700 so‘m;
4-sinf: 68 ming 500 so‘m;
5-sinf: 85 ming 600 so‘m;
6-sinf: 74 ming 200 so‘m;
7-sinf: 102 ming 700 so‘m;
8-sinf: 108 ming 400 so‘m;
9-sinf: 108 ming 400 so‘m;
10-sinf: 102 ming 700 so‘m;
11-sinf: 119 ming 800 so‘m.
Quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etilgan:
1) Birinchi sinf o‘quvchilari;
2) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;
3) “Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
4) Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.
Buvayda tumani adliya bo’lmi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish
bo’linmasi bosh maslaxatchisi M.Abdullayev