Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Ishonch telefoni statistikasi

Savol bering, javob beramiz!

×

 2022-12-30 13:03:08    209

PDF yuklash
Chop etish


Savol: Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda maktab darsliklarining ijara miqdori bilan bog’liq holat ko’plab muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Shundan kelib chiqqan holatda maktab darsliklarining ijara puli uchun masalasida biror-bir shaxslarga imtiyozlar berilganmi, aagar berilgan bo’lsa aynan qanday toifadagi shaxslarga?

Javob: Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi vasiylik kengashining 2022-yil 31-avgustdagi
37-09-08/75-sonli bayonnomasi bilan 2022/2023-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara to‘lovlari miqdorlari tasdiqlandi.

Unga ko’ra, 2022/2023-o‘quv yilida ta’lim tili O‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari quyidagicha belgilangan:

2-sinf: 102 ming 700 so‘m;
3-sinf: 102 ming 700 so‘m;
4-sinf: 68 ming 500 so‘m;
5-sinf: 85 ming 600 so‘m;
6-sinf: 74 ming 200 so‘m;
7-sinf: 102 ming 700 so‘m;
8-sinf: 108 ming 400 so‘m;
9-sinf: 108 ming 400 so‘m;
10-sinf: 102 ming 700 so‘m;
11-sinf: 119 ming 800 so‘m.

Quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etilgan:

1)    Birinchi sinf o‘quvchilari;

2)    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;

3)    “Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;

4)    Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

 

Buvayda tumani adliya bo’lmi

Inson huquqlarini himoya qilish

va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish

bo’linmasi bosh maslaxatchisi M.Abdullayev