Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
QUTLUGʻ SANA TANTANASI
2022-12-07 14:44:21 452
Mamlakatimiz suvereniteti, tinchlik va osoyishtaligimiz asosi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yillik ayyomi tumanimizda ham o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
Tuman hokimligi faollar zalida ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tantanada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi huquq-tartibot organlari rahbarlari, barcha korxona va tashkilot, maktabgacha ta’lim, maktab va kollej rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va maslahatchilari, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda davlat mukofoti bilan taqdirlangan fidoyi tumandoshlarimiz qatnashdilar.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirni tuman hokimi B. Ibragimov ochib, Bosh Qonunimizning hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tantanada tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Ismoilov “Konstitusiya - hayotimizning, tarraqqiyotimizning huquqiy asosi” mavzusida ma’ruza qildi.
Bayram tadbirida 120 nafar turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda guldastalar topshirildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar aka-uk Yahyobek va Muhsinbek Mo‘minovlar, taniqli xonanda Jo‘rabek Qodirov hamda tuman madaniyat uyi qoshidagi “Tabassum” ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuylangan Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar, dilbar raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Buvayda tuman hokimligi axborot xizmati