Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
YOSHLAR YETISHTIRGAN QOVUNLARNING TILIMI TILNI YORADI
2021-08-05 15:08:54 361
YANGIQADAMLIK “YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN 25 NAFAR YIGIT-QIZGA ERTA BAHORDA “YANGIQADAM FAYZ INVEST” FERMER XO'JALIGI YERLARIDAN 10 SOTIXDAN AJRATIB BERILGAN EDI. BU YERGA YOSHLAR POLIZ VA DUKKAKLI EKINLAR EKIB, BUGUNGI KUNDA O'Z MEHNATI SAMARASINI KO'RMOQDA.
- Abduvohid Rasulov, Ibrohim Sultonov, Baxtiyor G'ulomqodirov, Ahrorjon Ernazarov kabi yoshlar ota-onalarining yo'l-yo'riq va maslahatlari, yordami bilan yerga mehr berib, qovun va loviya yetishtirishdi, - deydi Yangiqadam MFY raisining o'rinbosari Nargiza To'xtanazarova. Kelgusida bu yoshlarga bug'doydan bo'shagan yerlardan 10 yilgacha foydalanishi uchun ajratib berish ko'zda tutilgan. Ahrorjon Ernazarov ham “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. U 10 sotix yerga oq shakarpalak, obi novvot, ko'kcha kabi qovun navlarini ekib, parvarishladi. - 2 million so'mga qovun urug'lari olganmiz. Yer haydatish, ekish, zararkunandalarga qarshi kurashish kabi xarajatlar qoplandi. Biz ekkan qovunlar oktyabrgacha hosil beraveradi. Mavsum oxirigacha 30-40 mln.so'mlik qovun sotishni rejalashtirib turibmiz, - deydi Ahrorjon biz bilan suhbatda.Abduvohid Rasulovni dadasi Abduqodir Rasulov va onasi Ximira Rasulovalar qo'llab-quvvatlab turibdi. Ular ham o'g'illari bilan birga dalada qovun chopiq, suv qo'yish, dori sepish kabi yumushlarni bajarishdi. Hosil esa kutilganidek bo'ldi. - 4 nafar farzandimni barchasini halol mehnat bilan katta qildim, ularni munosib joylarga uzatdim, uylantirdim, - deydi Abduqodir Rasulov. Kenjam Abduvohid ham mehnatkash bo'lib ulg'aydi. 10 sotix yerda yetishtirgan hosilning cho'g'i baland. Biz ham onasi bilan qovunlarni sotib o'tiribmiz. Yoshlarning aytishicha, bugungi kunda tilimi tilni yoradigan qovunlarni respublikamizning barcha hududlaridan kelib olib ketishmoqda.
Sharifa MADRAHIMOVA.