Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
MUROJAATLAR ATROFLICHA O’RGANILMOQDA
2021-02-03 13:02:51 300
Bugun Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining qabuli bo’lib o’tdi. Qabulga kelgan 63 nafar murojaatchilarni tuman hokimi Behzod Ibragimov qabul qildi. Fuqarolar murojaatlarining aksariyati uy-joy, moddiy yordam, nafaqa puli, kredit, yo’l va elektr ta'minotidagi muammolar, toza ichimlik suvi tarmog’i tortish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga oid bo’ldi.
Tuman hokimi Behzod Ibragimov har bir murojaatchi bilan obdon suhbatlashib, ularning qiynayotgan muammolarni hal qilishga harakat qildi.
-Men begobodlikman. To’rt nafar farzandim bor-deydi qo’lida 5-6 oylik egizak farzandlari bor Dilnoza Toshboltayeva . – Qaynotam bir joyda bo’lib qolganligi uchun turmush o’rtog’im otamga qarab, ishga chiqolmaydi. Qo’limdagi egizaklarga ikki yoshgacha nafaqa olishda yordam berishini hokim buvadan so’radim. Tumanimiz hokimi tegishli tashkilotga toshiriq berdilar. Endi men ham egizaklarim uchun nafaqa puli olaman.
-Men Tuman Mfydan keldim –deydi tuman hokimi qabuliga murojaat bilan kelgan Ma'rufjon Kenjayev. – Oyog’im quymichimdan singgan. Qaratish uchun imkoniyatim yo’qligini aytib tuman hokimiga murojaat qildim. Hokim meni tushundi. tuman tibbiyot birldashmasidan Respublika tramatologiya markaziga yo’llanma qilib berishdi.
Bugungituman hokimining qabulida 63 nafar murojaatning 21 tasi ijobiy yechim topdi, 23 tasi tushuntirildi va 19 tasi muddat talab qiladigan murojaatlar bo’lganligi sababli tegishli organlarga o’rganish uchun yuborildi.
Buvayda tumani hokimligi axborot xizmati.