Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tuman xokimligi Axborot xizmati AXBOROTI
2019-11-28 10:28:31 497
Buvayda tumani Qoratepa qishlog’ida konteynerlarni buzish va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan qatnov yo’lini noqonuniy ravishda egallab, sun’iy ravishda avtomobillar tirbandligi va avariya xolatlarini keltirib chiqarganligi va aholining noroziligiga sabab bo’linayotganligi “Mening yurtim” telekanali orqali xaqli ravishda tanqid qilingan. Buning ustiga texnika xavfsizligi va amaldagi qoida-tartiblarga rioya qilinmasligi oqibatida joriy yil 28 oktyabr kuni tadbirkor Qambarov Zoir Muxtorovich ishlab turgan yuqori bosimli kislorod qamalgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida bir kishi qattiq jarohatlangan. Baxtli tasodif tufayli o’lim bilan bog’liq falokat ro’y bermagan.
Voqea tafsiloti tuman hokimligi va tegishli idoralar tomonidan atroflicha o’rganilib, hududda tadbirkorlarning xavfsiz va qonuniy ravishda faoliyat yuritishlari uchun hamma ehtiyot choralari ko’rildi. Maxsus ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlar ogohlantirib chiqildi. Yo’l chetlari va piyodalar yo’lakchalari bo’shatildi.
Ro’y bergan voqea yuzasidan tuman ichki ishlar bo’limi tergov guruhi tomonidan ish ochilib, tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Kelgusida konteynerlarni buzish va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun aholi yashash joyidan uzoqroq erdan maxsus joy ajratib, ko’chirish rejalashtirilgan.
Buvayda tuman hokimligi
axborot xizmati