Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Ishonch telefoni statistikasi

Qariyalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga biometrik pasport uyda rasmiylashtirib beriladi

×

 2018-06-05 02:05:57    377

PDF yuklash
Chop etish


Bu prezidentning 1.06.2018 yildagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi PF–5454-son farmonida nazarda tutilgan. 

Norma’ning yozishicha, endi o'zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga fuqaroning biometrik pasporti yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki bo'lish joyiga borgan holda amalga oshiriladi. Ularning ma`lumotlar yig'ish punktiga[1] borishlari talab etilmaydi.
 
Buning uchun tegishli murojaatni taqdim etish zarur.
 
O'zbekiston Respublikasida pasport tizimi to'g'risidagi nizom hamda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo'lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to'g'risidagi nizomga (5.01.2011 yildagi PF–4262-son farmonga 1 va 2-ilovalar) tuzatishlar kiritildi.
 
1.06.2018 yilda eski namunadagi pasportlarni almashtirish muddati tugaydi. Davlat personallashtirish markazi saytining «Interaktiv xizmatlar» bo'limida biometrik pasport va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin.
 
Murojaatga 1 ish kuni davomida ishlov berilib, arizachiga SMS-xabar orqali band qilingan navbat sanasi hamda vaqti to'g'risida axborot keladi. Shu yerning o'zida ariza-anketa blankasini to'ldirib, qog'ozga chiqarish yoki to'ldirilmagan blankani qog'ozga chiqarish mumkin.
 
Ilgari IIV eslatib o'tganidek, pasportga ega bo'lishi shart bo'lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo'lmagan pasport bilan yashaganligi uchun EKIHning 1/2 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda (materialni e`lon qilish paytida – 86 120 so'mdan 516 720 so'mgacha) jarima solinadi. Xuddi shunday qonunbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda esa – 5 EKIH (materialni e`lon qilish paytida – 861 200 so'm).