Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Ishonch telefoni statistikasi

Garovga berib yuborilgan “Tracker” o‘zganing xonadonidan topildi

×

 2024-11-14 13:21:47    5583

PDF yuklash
Chop etish



Buvayda tumanida yashovchi fuqaro M.A  “Kapitalbank” AT bankining Qo‘qon filialidan avtokredit shartnomasi asosida “Tracker” avtomashinasini sotib olgan. Biroq M.X  redit shartnomasi bo‘yicha kredit qarzlari muddatida to‘lanmasdan kelgan.
Shunga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon  tumanlararo  sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.A.dan jami 234,3 mln. so‘m undirilishi va undiruvni qarzdorga tegishli “Tracker-2” rusumli avtomashinaga qaratilishi belgilangan.
Byuroning Buvayda tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur avtomashina qarzdor M. A. ning yashash xonadonidan topilmagan. 
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ya’ni qarzdorning bildirishicha, M. A.  tomonidan “Tracker-2” avtomashinasi 7 ming AQSH dollari qarzi evaziga boshqa bir fuqaroga garov sifatida berib yuborilgan.
Sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Buvayda tuman bo‘limi tomonidan  o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Tracker-2” avtomashinasi Buvayda tumani Jov qishlog‘ida yashovchi D.A.ning yashash xonadonidan  topilib, jarima maydoniga olib kirildi.
Byuroning Buvayda tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. I. Qunduzov