Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi
2024-11-08 12:08:38 2437
Buvayda tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan bu ishlarda Buvayda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida televizion kanallar, bosma va elektron nashrlar vakillari hamda blogerlari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Buvayda tuman hokimi o’rinbosari, Tuman oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’I Kommunaxon Mirsaidova tomonidan xotin-qizlar bandligini taʼminlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, "Ayollar daftari" 2-toifasidagi tadbirkorlik qilish istagi bo'lgan 151 nafar xotin qizlarga oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun jami 1mlrd 500 million soʻmdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilganligi toʻgʻrisidagi axboroti malumot uchun press tur ishtirokchilariga taqdim etildi.
Jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Press-tur dasturida belgilangan yana bir manzil Ponsod mahalla fuqarolar yiginida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi