Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Yosh ijodkor Sohibjon Hotamov haqida
2024-11-07 16:40:24 66
Sohibjon Hotamov 1995-yil 7-may kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Alqor qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ijodkorning ilk kitobi 17 yoshida “Shoshqaloq” nomi bilan nashrdan chiqqan.
Shundan so‘ng, “Vatan mehri”, “Men, onam va qishloq” nomli kitoblari chop etilgan.
Ijod uni qishloqdagi maktabdan tuman markazidagi iqtidorli bolalar maktab intenatiga chorladi.
Farg‘ona shahridagi Yormozor akademik litseyida o‘qidi.
San’at va madaniyat institutining “Kino, televideniya va radio san’ati” fakultetini tugatdi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida adabiyotshunoslik bo‘limi magistranti bo‘lgan.
“Saodat” jurnalida ilk faoliyatini boshlagan.
Respublika nashrlarida, turli telekanallarda muxbir, muharrir sifatida ishladi.
Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston, Yaponiya davlatlarida o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konfrensiyalar ishtirokchisi.
Sohibjon bolaligidan ijod bilan band bo‘ldi. Uning ilk yozganlari 5-sinfligida “Tong yulduzi” gazetasida chiqdi.
Ijodiy mashqlar uni ijodiy tanlovlar g‘olibiga aylantirdi.
2011-yilda “Onajonim tabiat” Respublika insholar tanlovida 1-o‘rin sohibiga aylandi.
2014- yilda yilning eng faol yosh jurnalisti sifatida e’tirof etildi.
Respublika Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan Zomin yosh ijodkorlar seminari qatnashchisi.
“Seni yaxshi ko‘raman” bu kimningdir kimgadir aytadigan oddiy so‘zlari, izhorlari emas, bu har bir farzandning onaga, har bir bolaning farzandga aytadigan dil izhorlaridir.
“Yosh kuch” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitob, barcha onalar haqida. Onani sevish, uni ardoqlash haqida. Mehr haqida, muhabbat haqida.
Qissa va hikoyalardan tashkil topgan mo‘jaz kitobcha bir farzandning onasi haqidagi xotirali deyish mumkin. Kitobni o‘qir ekansiz, qalb sog‘inchini, dil firoqlarini, a’lamlar va hayotga bo‘lgan umidlarni anglashingiz va his qilishingiz qiyin emas.
Kitobni varaqlasangiz, asar sizga onangiz haqida so‘zlab beradigandek.
“Onamning yangi” hikoyasi orqali o‘zbek onalari qiyofalarini anglasangiz, “Qish, qahraton, to‘y va onam” qissasida onalar farzandi uchun har qanday sinovga, mashaqqatga tayyor ekanligini ko‘rishingiz mumkin.