Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida yoshlarning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash maqsadida yer ajratish jarayonlari samaradorligi muhokamada
2024-10-08 14:14:32 1438
Buvayda tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori – «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Buvayda tuman hokimi o‘rinbosari G‘.Mamajonov ishtirok etdi.
Qarorning asosiy maqsadi:
- Yoshlarning tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
- Ularning daromadlarini oshirish va barqaror bandlikni ta’minlash.
- Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydonlaridan samarali foydalanish va yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish.
Tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar:
- Yoshlar uchun yer ajratish jarayonlari ochiq va shaffof amalga oshirilmoqda.
- Yer ajratilgan yoshlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularga zaruriy ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
- Yer maydonlaridan samarali foydalanish va mahsulot yetishtirish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
Matbuot anjumani doirasida: - Qaror ijrosi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi. - Yosh tadbirkorlar va yer maydonlari ajratilgan fuqarolarning faoliyatiga oid amaliy misollar keltirildi. - OAV vakillari va ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Kelgusidagi rejalar: Matbuot anjumanida yoshlarning yer ajratish bo‘yicha murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning loyihalarini moliyalashtirish va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Buvayda tuman hokimligi yoshlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, bandlik darajasini oshirish va ularning barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishini ma’lum qiladi.