Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Prezident Farmoniga asosan afv etilgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam pullari berildi
![](https://buvayda.uz/uploads/dil02.jpg)
2024-09-05 17:07:31 646
Jazo muddatini o‘tab qaytgan fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, ularni sog‘lom hayot kechirishlari uchun ko‘maklashish yuzasidan tumanimizda ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buvayda tumani hokimligi ijtimoiy ko‘nikma komissiyasi kotibi Dilafruz Haydarovaning malumotiga ko‘ra, Tog‘liq MFY da yashovchi Mamashokirov Muhammadxumoyun Muhammadislom o‘g‘li jazo muddatini o‘tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga moddiy yordam so'rab murojaat etgan.
Murojaat yuzasidan tuman hokimining 1-o‘rinbosari boshchiligida jazo muddatini o'tab qaytgan fuqroning sharoiti har tomonlama o‘rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko‘nikma komissiya a’zolari hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi vakillari hamkorligida o‘rganlib, fuqaro bilan suhbat o'tkazildi.
JK ning 244/1 moddasi "g" bandi bilan aybdor deb topilib,2024 yil 19.08. kuni JIEM dan ozod etilgan Tog‘liq MFY da yashovchi Mamashokirov Muhammadxumoyun Muhammadislom o‘g‘lining murojaati bo‘yicha Buvayda tuman hokimligi huzuridagi Ijtimoiy ko‘nikma markazi tomonidan bir martalik moddiy yordam pullari berilib, uning bandligini ta'minlash masalalari kelishib olindi.