Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda: “Uchinchi Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tmoqda
2024-08-26 07:59:57 799
“Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida Buvayda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tomonidan Uchinchi "Ustozlar milliy forumi” oʻtkazildi.
Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, Tuman prokurori Sulaymonov Ziyovuddin, tuman IIB boshligʻi Ahmedov Sherzodjon, tuman DSI rahbari Roziqov Muhammadjon hamda biriktirilgan mas'ullari va ustozlar ishtirok etishdi. Unda tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritildi.
Tadbirda barcha tumandagi maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlaridan 900 nafarga yaqin pedagoglar, tarbiyachilar va faxriy ustozlar ishtirok etishdi. Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat kabi 22 ta yo‘nalishni qamrab oldi.