Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish, paxta yig‘im-terimiga va don ekishga tayyorgarlik yuzasidan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
2024-08-26 07:58:49 785
Seminarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda nuroniylar ishtirok etdilar.
Dovudpir MMTP hududidagi “Unumdor tuproq zamini” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash hamda 2025 hosili uchun don ekish mavsumini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida Qur’on tilovati qilinib, jonliq so‘yildi. Nuroniylar ishtirokida davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, bo‘lajak hosil barokatli bo‘lishligi so‘ralib duoyi xayrlar qilindi.