Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Ishonch telefoni statistikasi

Buvaydalik hojilar ham muborak Haj safaridan qaytdilar

×

 2024-07-04 09:58:33    4228

PDF yuklash
Chop etish


Muqaddas amalni bajarib ona yurtga yorug‘ yuz va yuksak maqom bilan qaytgan hojilarimizni kutib olish marosimi Buvayda tumanida ham munosib tashkil etildi. 
Bugun tuman hokimligi, tuman faollari va boshqa bir qancha kutib oluvchilar ishtirokida 89 nafar ziyoratchilarimiz tuman hokimligida kutib olindi.
Hojilarning ko‘zlaridagi quvonch yoshlari muqaddas makonda jonajon yurtimizdan borgan ziyoratchilarga munosib sharoitlar yaratilganligini ko‘rsatib turibdi.
Ziyoratchilarimiz yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, yurtimiz ravnaqi va tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun muqaddas ziyoratgohda ko‘plab duolar qilganliklarini mamnuniyat bilan izhor etishdi.