Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-06-26 18:51:19 4078
Buvayda tuman hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi ishtirokida "Buvayda tumanida aholini ko‘p qavatli uylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili” mavzuidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, qurilish korxona tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Buvayda tumanida 2021-2023 yillar davomida aholini ko‘p qavatli uylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan tumanda 14 ta ko’p qavatli uylar qurilgan. Ularda zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo’lgan 506 ta xonadon joylashgan.
O’sib kelayotgan tuman axolisining ko‘p qavatli uylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida joriy yilda ham 4 ta ko’p qavatli uylar qurilmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari tufayli zamonaviy, barcha qulayliklarga ega jami 308 ta xonadon barpo etilishi rejalashtirilgan.
Matbuot anjumani davomida jurnalist hamda blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar