Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi
2024-06-24 12:49:26 4059
Buvayda tumanining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, jumladan bu ishlarda “Ponsod” mahalla fuqarolar yig’ini tadbirkorlari ishtiroki salmog‘i bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida jurnalist hamda blogerlari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Jurnalistlar va blogerlarning “Ponsod” mahalla fuqarolar yig’inida har bir xonadonda mebelchilik yo’lga qo’yilganligi , mahalla drayveri sifatida mebelchilik rivojlanib aholi bandligi taminlanayotganligi etiborini tortdi. Birgina Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yhatdan o’tgan Sultonov Ubaydullo stol-stul karkazlarini ishlab chikarishni o’z xonadonida yo’lga qo’ygan. Pres tur ishtirokchilari Sultonovlar xonadonida bo’lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Asosiy e’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon standartlariga mos bo‘lishiga qaratiladi.
Hozirgi kunga kelib Ponsod mahalla fuqarolar yig’ini drayveri sifatida Tikuvchilik ham o’sib bormoqda deydi,- hudud Hokim yordamchisi
Pres tur ishtirokchilari Nazirova Mumina xonadonida tashkil etilgan tikuvchilik sexida bo’lib, ayollar kiyim kechaklari va bolalarning xar xil turdagi bosh kiyimlar ishlab chikarish jarayonlari bilan tanishdilar.