Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

×

 2024-06-06 18:55:44    2235

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tumani “Nuri Baxt” fermer xo‘jaligida g‘alla hosilini nes nobut qilmasdan, uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olishga bag‘ishlangan seminari o‘tkazildi.


Seminarda Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, Tuman IIB boshligʻi Rustamjon Xayitov, g‘allachilik klasterlari rahbarlari, yig‘im otryadlari boshliqlari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.


Buvayda tumanida 2024 yil hosili uchun 222 ta fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining 1251 ta konturlarida xo‘jaliklarining 6800 gektar maydonlarida kuzgi boshoqli don yetishtirildi.
Joriy yilda tumandagi 222 ta fermer xo‘jaliklari bilan 4ta klaster korxonalari va “Qo‘qondonmahsulotlari” korxonasi o‘rtasida 6800 gektar maydonda jami 22181 tonna don sotish bo‘yicha shartnomalari tuzilgan.