Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida Respublika ishchi guruhining o‘rganish ishlari olib borilmoqda
2024-05-14 13:10:22 1026
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida respublika ishchi guruhi vakili Qodir Yakubov boshchiligida tuman hokimi, sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot, muassasa va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilish davomida mahallalarda "yettilik" faoliyati va aholi muammolari o‘rganilib, har bir mas’ulga ularning yechimi, hal etilishi bo‘yicha javobgar ekanligi tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni va PQ-402-son qarori bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etilib, tizim yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-son qarori ijrosi bilan ishsiz yoshlarga ajratilayotgan yer maydonlari o‘rganiladi.