Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida ham pilla terimiga kirishildi.
2024-05-14 13:08:10 946
Buvayda tumanida pillachilikda o‘ziga xos tajriba va maktab yaratilgan. “Kumush tola” yaratuvchilari bilim va tajribalarini ishga solib, har yili yuksak xirmonlar yaratib, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib keladilar.
Joriy yilda Buvayda tumanida ham ko‘p yillik tajribalarga asoslanib ipak qurti boqilmoqda. Buvayda tumanida bu yilgi mavsumda 2 ming 619 quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Bugun buvaydalik pillakorlar “kumush tola” terishga kirishishdi.
Tumanda ushbu mavsumda 157 tonna pilla yetishtirish ko‘zlangan. Yetishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun qabul joyida shartnomaga ko‘ra to‘lov qilinishi belgilangan.