Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Ishonch telefoni statistikasi

Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

×

 2024-04-22 09:58:39    1123

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, jumladan bu ishlarda "WIRE CABLE SISTEM GROUP" xususiy korxonasining ishtiroki salmog‘i bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Buvayda tumani Arab mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "WIRE CABLE SISTEM GROUP" xususiy korxonasiga jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Jurnalistlar va blogerlar "WIRE CABLE SISTEM GROUP" xususiy korxonasining nisbatan qisqa vaqt ichida 42 turdagi kabellar ishlab chiqarish bo‘yicha Viloyatdagi eng yirik korxonaga aylangani ularning etiborini tortdi. Darhaqiqat, zavodning quvvati va salohiyati ortib bormoqda. Asosiy e’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon standartlariga mos bo‘lishiga qaratiladi. Buning natijasi o‘laroq, zavod mahsulotlari xalqaro sertifikatlariga erishgan.

Mehmonlar zavodning sexlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Mahsulotlar sifati qay darajada sinchkovlik bilan tekshirilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.