Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Viloyat hokimi oʻrinbosari Buvayda tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-04-22 09:27:35 949
Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimov Sherzod Abduxalilovich Buvayda tumanida SAYYOR QABUL oʻtkazdi.
Qabulda Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, hokim oʻrinbosarlari, Prezident Xalq Qabulxonasi mudiri, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar
Qabulda moddiy yordam, davolanish uchun moddiy yordam, bolalar nafaqasini olish, toʻlov kontrakti va boshqa masalalar bo'yicha jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shulardan 12 tasi ijobiy hal etildi, 1 tasiga huquqiy ma’lumot berish va tushuntirish orqali hal qilindi va 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ijro uchun tegishli korxona va tashkilotlarga ijroga yo‘naltirildi.