Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani Sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2024-03-29 10:23:39 1626
Buvayda tumani prokurori Z.M.Sulaymonov va Tuman IIB rahbari R.Xayitov ishtirokida otaliqqa olingan yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga har tomonlama huquqiy ko‘nikmalar berilib, ularning muammolari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida sportning stol tennisi, shaxmat va futbol turlari bo‘yicha "Sektor rahbari kubogi" musobaqalari ham tashkil etilib, hozirda bellashuvlar davom etmoqda.
Tadbirlar doirasida mehnat yarmarkasi hamda tibbiy ko‘rik tadbirlari ham tashkil etilib, 7 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi.