Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Ishonch telefoni statistikasi

Xotin-qizlar tizimida 2023 yil davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

×

 2024-02-01 14:01:59    2092

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tumanida oilaviy ajrimlar hamda jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman IIB, tuman adliya bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari hamda kun tartibiga taalluqli bo‘lgan mas’ullar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Mirsaidova 2023 yil yakuni yuzasidan asosiy ko‘rsatkichlar tahlili bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, K.Mirsaidova yig‘ilish ishtirokchilarini 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (prognoz ko‘rsatkichlar) bilan tanishtirdi.Tahlil asosida oilaviy ajrim va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlashda, xotin-qizlar jinoyati,tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha salbiy natija ko‘rsatgan mahalla xotin-qizlar faollarining hisobotlari tinglandi.

2023 yil davomida oilaviy ajrimlarni olish borasida samarali faoliyat ko‘rsatgan Jilva maxalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli Sh.Parmonova xamda Buyuk ipak yo‘li maxalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli N.Yuldashevalarga tuman xokimining tashakkurnomasi va sovg‘asi taqdim etildi.IIB XQ bo‘yicha inspektori D.Xasanova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimi N.Sattarova, tuman bosh imom xatibi A.Nizomov, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari O.Asqarovalar kun tartibidagi masalalar va 2024 yilga hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.