Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi
2024-01-22 09:58:51 900
Buvayda tumanida zamonaviy sharoitlarga ega “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi foydalanishga topshirildi. Unda Tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, Tuman Prokurori Sulaymonov Ziyovuddin va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumki, Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan joylarda aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Shunga asosan endilikda og‘ir ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.