Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tuman Davlat soliq idorasi rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
2023-12-19 15:15:18 351
Buvayda tuman Davlat soliq idorasi rahbari Toʻlqinjon Arzimatov ishtirokida Yuqorimangʻit mahalla fuqarolar yigʻinida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Uchrashuvlar jarayonida 2023-yil uchun soliq siyosati va stavkalari yuzasidan Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar asosida tadbirkorlik subektlari sonini yanada ko‘paytirish hamda ular tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tumanimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi takidlandi
Shundan soʻng tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.Xususan bir nafar tadbirkorning elektr taʼminoti masalasida qilgan murojaati shu joyning oʻzida bartaraf etildi. Ikki nafar fuqarolarning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imtiyozli kredit olish boʻyicha qilgan murojaati hudud Hokim yordamchisiga oʻrganish hamda tavsiya berish uchun yoʻnaltirildi.
Bunday tarzdagi ochiq muloqotlar hududlarda davom etmoqda.