Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumanida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan tumandoshlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi
2023-12-04 13:39:43 637
Bugun Buvayda tumanidagi “Istiqilol” tantanalar majmuasida 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni yana bir bor qo‘llab-quvvatlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Tumanimiz hokimi Behzodjon Ibragimov, Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlar yaratilayotgani, ularning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bog‘liq huquqlari ta’minlanayotgani, bu borada tumanimiz aholisining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.