Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik
2023-11-28 20:41:08 673
Farg‘ona viloyat hokimining 2023 yil 17 noyabrdagi “Viloyat hududida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 2023 yil 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" deb e’lon qilindi.
Farmoyish ijrosi doirasida Buvayda tumanida seminar tashkil etildi.
Ushbu targ‘ibot tadbirida viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Nugmanov, Jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tuman sudi raisi Abdurasul Minojiddinov larishtirok etib,“Davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni kuchaytirish” mavzusida tayyorlangan ma’ruza-taqdimoti tinglanib, hokimlik xodimlari o‘rtasida to‘g‘rilik va halollik qadriyatlariga, ish faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etishlari, hamkor tashkilotlarning bu boradagi mas’uliyatini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.