Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani prokurori tomonidan 2-sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-10-27 13:27:20 878
Jumladan, joriy yilning 25-oktyabr kuni sektor rahbari mazkur hududda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
26-oktyabr kuni sektor rahbari tomonidan “Hakimto‘ra” MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilib, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi va 8 tasi qonuniy tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Shuningdek, sektor rahbari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahallalarning “beshligiga” “Mahalla yettiligi” tizimining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, sektor rahbari fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan uchrashib, “Yashil makon” loyihasi doirasida belgilangan hududlarga daraxtlar ekilishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.