Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda san’atkorlarining hisobot konserti bo‘ldi

×

 2023-10-19 10:18:48    371

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tuman madaniyat va turizm markazida Rasulqori Mamadaliyev nomidagi maqomchilar xalq ansambli, “Tabassum” ashula va raqs xalq ansambli, “Shodlik” xalq havaskorlik ansambli, “Zarb” doirachilar xalq havaskorlar ansamblining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Respublika Madaniyat Vazirining shu yil 3 oktyabrdagi 136-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan konsertda “Maqomchilar” xalq ansambli tomonidan “Qo‘qon ushshog‘i” (Yusuf Sayrami g‘azali), “Soqqiynomaiy savtikalon” (Bobur g‘azali) qo‘shiqlari kuylandi.“Tabassum” ashula va raqs xalq ansambili a’zolarining go‘zal ijrolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov tomonidan ijro etilgan kuy- qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Shuningdek, “Shodlik” estrada xalq havaskorlik jamoasi xonandalari- Jo‘rabek Qodirov, Ravshanbek Dehqonov ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, “Zarb” doirachilar tomonidan yangragan zarbli ohanglar yuraklarga jo‘shqinlik ulashdi.