Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida Brifing

×

 2023-10-07 22:27:04    1201

PDF yuklash
Chop etish


Vidioni ko'rish uchun- https://youtu.be/0fEyXCALVVc?si=C0L-90DACtw3qi_n

Buvayda  tumanida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida

 Brifing

           Bugungi kunda Buvayda tumani sport maktabida jami 83nafar trener 22ta sport turi bo’yicha mashg’ulot olib bormoqdalar. Sport maktabida jami 197 ta gurux tashkil etilgan bo’lib ularda 1936nafar yoshlar muntazam sport bilan shug’ullanib kelmoqda.

Bugungi kunda Buvayda tumanida jami 241197 dan ziyod aholi mavjud bo’lib, ularning 6 oy mobaynida 185 ta ommaviy sport tadbirlari o’tkazilib, 37141 (shundan ayollar 16127) nafar aholi qamrab olindi. Joriy yil boshidan aholini ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish darajasi 15,3 % ni tashkil etadi.

Buvayda tumani sport maktabining 2023 yilga  mo‘jalangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari  kalendar rejasi ishlab chiqildi va sport maktabining  buyrug‘i chiqarildi, sport maktabining 22 ta sport turi bo‘yicha  kalendar rejasi  bo‘yicha 80 ta sport maktabi  saralash birinchiligi  rejalashtirilgan shu kunga qadar 30 ta sport maktabi saralash birinchiliklari o‘tkazildi, Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlar kalendar rejasiga asosan muxum sanalarga bag‘ishlab 14 ta sport musobaqalari rejalashtrilgan.

14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab 5 ta sport turidan sport maktabining buyrug‘i asosida sport maktabi shug‘ulanuvchilari o‘rtasida sport maktabi ichki birinchiliklari  o‘tkazldi, musobaqada sport maktabining 5 ta sport turi bo‘yicha shug‘ulanuvchilari jami 820 nafarga yaqin sportchi o‘quvchilar shulardan, o‘g‘il bolalar 515 nafar, qizlar 305 nafar  musobaqada ishtirok etishdi.

8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan 4 ta sport turidan sport maktabning buyrug’i asosida sport maktabi shug’ulanuvchilari o’rtasida sport maktabi ichki birinchiliklari  o’tkazldi, musobaqada sport maktabining 4 sport turi bo’yicha shug’ulanuvchilari jami 260 nafarga yaqin sportchi o’quvchilar musobaqada ishtirok etishdi.

21-mart “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan 5 ta sport turidan sport maktabi birinchiliklari o’tkazilib 720 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Shundan 350 nafarga yaqinini qizlar tashkil etdi.

9-may “Xotira va qadirlash kuni” munosabati 3 ta sport turlaridan sport muktabi birinchiliklari o’tkazildi, musobaqalarda 750 nafarga yaqin sport maktabining sportchi o’quvchilari qatnashdi. Shundan 220 nafari qizlarni tashkil etdi.

“Besh  tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan  besh bosqichli sport  musobaqalarining 1-bosqichi tasdiqlangan reja asosida 2023 yilning 4-11 aprel kunlari o‘tkazildi.

Tumanda mavjud barcha  sektor  xududida 55 ta maxalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib 7-10, 11-15. 16-21. 22-27. 27-30 yoshlar toifasida (1-bosqich) maxalla va ko‘cha bosqichida sportning quvnoq startlar, yengil atletika, shashka, mini futbol, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlaridan ishtirok etishib jami 12118 nafar ishtirokchi qatnashdi  shulardan erkaklar 7689, ayollar 4429 nafarni tashkil etdi.

“Besh  tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan  besh bosqichli sport  musobaqalarining 2-bosqichi tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 15-20 aprel kunlari o‘tkazildi.

Tumanda mavjud barcha  sektor  xududida 55 ta maxalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib 11-15. 16-21. 22-27. 27-30 yoshlar toifasida (2-bosqich) mahallalararo sektor bosqichida sportning yengil atletika, shashka, mini futbol, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlaridan ishtirok etishib jami 2953nafar ishtirokchi qatnashdi  shulardan erkaklar  2103, ayollar  850 nafarni tashkil etdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan  besh bosqichli sport  musobaqalarining 3-bosqichi tasdiqlangan reja asosida 2023 yil 3-13 may kunlari o‘tkazildi.

Tumanda mavjud barcha  sektor  xududida 55 ta maxalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib 11-15. 16-21. 22-27. 27-30, 16-30  yoshlar toifasida (3-bosqich) sektorlararo tuman bosqichida sportning yengil atletika, shashka, mini futbol, stol tennisi, stritbol, vorkaut, parashashka, parashaxmat, parastol tennisi, paraengil atletika turlaridan ishtirok etishib jami 228 nafar ishtirokchi qatnashdi  shulardan erkaklar 142, ayollar 86 nafarni tashkil etdi.

2023 yil 14 mart, 18-mart, 17-iyun kunlari  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida yurish, yugurish, mini futbol, badminton, stritbol, “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni ijrosi yuzasidan aholining keng qatlami, ayniqsa tumanda ko‘cha boshilar, oqila ayollar, faol ayollar, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan xotin-qizlar ishtirokida ommaviy musobaqalarini tashkil etish maqsadida Yugurish-marafoni o‘tkazildi. Ushbu sport tadbiri davomida badantarbiya mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Tadbirda tumanda istiqomat qiluvchi 300  nafardan ziyod ayollar hamda mahalla faollari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi, tuman sport maktabi, tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi Salomatlik markazi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman oila va xotin qizlar bo‘limi rahbari  barcha tadbir ishtirokchilarini ushbu sport tadbirida faol ishtirok etganligi uchun minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Buvayda tumanida Futbol, mini futbol (o’smirlar va qizlar) bo’yicha Davlat Xavfsizlik Xizmati kubogi sohiblari aniqlandi.

Buvayda tumanida 2023 yil 1-apreldan 27 mayga qadar futbol va mini futbol (o’smirlar va qizlar) bo‘yicha DXX kubogi musobaqasi o’tkazildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqalarning mahalla-sektor-tuman bosqichlarida 55 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan yosh toifasidagi 1530 nafar yoshlar qamrab olindi. Turnirda joriy yilda mahalla qizlari ham mini-futbol bo‘yicha  musobaqalarda o‘zaro bahslashdilar.

Buvayda  tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sohiblari aniqlandi Buvayda tumanida mini futbol hamda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sport musobaqalarining yakuniy bosqichi 2023 yil 23-24  may kunlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi, DXX hududiy boshqarmasi, tuman sport maktabi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Buvayda tuman bo‘limi, musoboqa ishtirokchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:  

Mini futbol bo‘yicha: 1-o‘rin - Nayman MFY, 2-o‘rin – O’rta-qo’ng’irot MFY, 3-o‘rin – Buyuk ipak yo’li MFY mfy

Qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha: 1-o‘rin – Pishag’ar MFY  jamoasi, 2-o‘rin – SHo’r MFY jamoasi, 3-o‘rin  Bachqir MFY jamoasi egalladi

 Futbol bo‘yicha: 1-o‘rin – Begobod  MFY,  2-o‘rin - Qo’ng’irot MFY, 3-o‘rin - Elobod MFY yoshlari jamoasiga nasib etdi.

Musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida tuman sektor rahbarlari, Davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga maxsus kubok, tegishli darajadagi diplom va medallar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maxallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o’rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarining viloyat bosqichlarida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan Buvayda tuman yoshlari Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, yengil atletika bo’yicha 16-21 yosh toifasida Pishag’ar MFY qizlar jamoasi 2-o’rinni, 16-21 yosh toifasida Begobod MFY o’g’illar jamoasi 1-o’rinni, 22-26 yosh toifasida Elobod MFY yig’itlar jamoasi 1-o’rinni, 27-30 yosh toifasida Begobod MFY da yashovchi Botirov Ravshanbek Ashirali o’g’li 1-o’rinni egallashdi.

           2023-yil davomida Buvayda tumani sport maktabida jami 62nafar sportchilar Yunon rum kurashi, Boks, Yengil atletika, Belbog’li kurash, Turon yakkakurashi va Taekvondo WTF, Bel olish kurashi sport turlari bo’yicha  raspublika miqyosidagi musobaqalarda faxirli o’rinlarni egalladilar.

          Buvayda tumani sport maktabida joriy yilda 3 nafar sportchi Jaxon chempionati va kubogida g’olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar. Belbogli kurash bo’yicha14-17.07.2023 kunlari Rossiya Federatsiyasida bo’lib o’tgan jaxon chempionatida sport maktabimiz tarbiyalanuvchsi Maxmudova Zaxro Abdujalil qizi 3-o’rinni egalladi. O’zbek jan san’ati sport turi bo’yicha Qozog‘iston respublikasida  13-16.04.2023 kunlari bo’lib otgan jaxon kubogi musobaqasida To‘lqinov Bekzod Usmonali o‘g‘li faxrli 2-o’rinni egalladi. Belbog’li kurash sport turi bo’yicha 24-27.08.2023 Rossiya Federatsiyasida  bo’lib o’tgan jaxon chempionatida Abdusattorov Ozodbek Sodiqjon o‘g‘li faxrli 3-o’rinni egallab yurtimiz bayrog’ini yuqorilarga ko’tardilar.