Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Sud-huquq sohasidagi islohotlar inson qadriga qaratilgan
2023-10-07 22:09:30 505
Buvayda tumanida sud-huquq tizimidagi yangi islohotlar va amaliy natijalar mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Buvayda tuman hokimligi Majlislar zalida hamda Tuman markazidagi "MegaPark" istirohat bogʻida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Sherzod Jo‘rayev, Farg‘ona viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Vaxobjon Siddiqov, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va adliya bo‘limlari mutasaddilari, Jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tuman sudi raisi Minojiddinov Abdurasul, aholi va yoshlar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirok etdi.Ochiq muloqotlarda yurtimizda odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar samaradorligi, hududlarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi, notinch yoki ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etishda mas’ullarni o‘rni kabi muhim masalalar haqida so‘z bordiBugun mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan keng ko‘lamli e’tibor va imkoniyatlar hamda ulardan unumli foydalanish, ularning huquqlari-qonun himoyasida ekanligi haqida alohida ta’kidlandi.Tadbir ishtirokchilari mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma’ruzachilarga murojaat qilib, batafsil javoblar olishdi.Buvayda tumani istiroxat bog‘ida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvdan so‘ng sayyor sud tashkil etilib, 4 nafar ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan (B.Dexqonov, U.Ismonxo‘jayev, Q.Qo‘rg‘onov, I.Mamurov) mahkumlar jazodan Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida shartli ozod qilindi.Bundan tashqari, ushbu sayyor sud majlisida N.Kimsanov va K.Jumayevalarga oid ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.