Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Ishonch telefoni statistikasi

FAOL TADBIRKOR YOSH TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2023-09-16 05:24:13    910

PDF yuklash
Chop etish


Dastlab  M.Shermatov yosh tadbirkorlarga davlatimiz rahbari farmoyishiga binoan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini hayajon bilan so‘zlab berdi. – Davlatimiz biznes vakillarining mamlakatimiz iqtisodiyoti, kelajak ravnaqiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi, – dedi M.Shermatov – Davlatimizda tadbirkorlar uchun qulay biznes muhiti yaratilib, keng imkoniyat, imtiyozlar berilmoqda. Demak, biz o‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlashimiz kerak.    Faol tadbirkor  uchrashuv qatnashchilariga kasbiy faoliyati, ilk qadamlari, yo‘lida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajak rejalar haqida so‘zladi. Muloqot chog‘i mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, moliya, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarga aloqador dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. M.Shermatov talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.  Yakunda kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishildi.