Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2023-09-12 05:05:53 257
Buvayda tumani Pedogogika kollejida ‘‘Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Tuman prokurori 2-sektor rahbari Z.Sulaymonov, Tuman IIB boshligʻi 3-sektor rahbari R.Hayitov, Tuman DSI boshligʻi 4-sektor rahbari T.Arzimatov hamda Tuman hokimi o'rinbosari G‘.Mamajonov va yoshlar yetakchilari, probatsiya va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda so'z olgan sektor rahbarlari, tuman hokim o'rinbosari bugungi kunda Yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida to'xtalib o'tdi. Uchrashuv ochiq va samimiy suhbat tarzida o‘tkazildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.
Bunday uchrashuvlar hududlarda davom etmoqda.