Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida aholi muammolarini o‘rganish davom etmoqda.

×

 2023-09-09 19:52:20    294

PDF yuklash
Chop etish


Buvayda tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ziyovuddin Sulaymonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi "Hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan 07.09.2023 yil kuni sektor hududiga qarashli "Yangi Hayot" Mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar va tadbirkorlar muammolari tinglandi.
Ommaviy sayyor qabul jarayonida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib, 6 tasi o‘rganib, qonuniy hal etilishi nazoratga olindi. 
Jumladan, Birodarlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.Xursanovni simyog‘och o‘rnatish masalasida, Boburshoh ko‘chasida yashovchi B.Toshtemirovaning arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotlari olish masalasida qilgan murojatlari joyidaa ijobiy hal qilidi.
Shuningdek, 43-sonli  umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning davomati, ularga yaratilgan shaoitlar va maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Bundan tashqari, 2-sektor rahbari tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi I.Ochilovaning ish faoliyati bilan tanishdi.