Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
2023-09-02 16:50:44 302
Buvayda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov hamda sektor rahbarlari ishtirokida mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida 2023-yil 7 oyi davomida tumanda sodir etilgan jinoyatlarni tahlilidan kelib chiqib, mahalla xududida sodir etilgan jinoyatlar oshgan mahallalar va 12 ta qizil xududga tushgan Qo‘ng‘irot, Uzumzor, Yangiqadam, Arab, Jilva, Xo‘jabod, Dodxo, Bachqir, Yangiqo‘rg‘on, Yashnarobod, Jaloyer, Maslahat mahallalarini qizil xududdan chiqarish, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, profilaktika isnpektorlarini ish faoliyati davomida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.