Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani 2-sektor hududida Mustaqillik bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2023-09-02 16:48:54 253
Buvayda tumani prokurori Ziyovuddin Sulaymonovning tashabbusi bilan tumanning 2-sektor shtabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri hamda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mehnat yarmarkasida ishga joylashish istagida bo‘lgan 92 nafar fukarolarning turli tashkilot va muassasalarga ishga joylashishi ta’minlandi.
Shuningdek, bayram tadbirida 48 nafar kam ta’minlangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari, 13 nafariga subsidiya asosida uzum tok o‘rnatish uchun sertifikatlar,11 nafariga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirga Tibbiyot hodimlari ham jalb qilinib, 126 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va dori vositalari bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbir yakunida 400 kishilik osh damlanib, tarqatildi.