Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani prokurori Ziyovuddin Sulaymonov tomonidan hududlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
2023-08-29 18:15:10 273
Jumladan, tuman prokurori tomonidan "Xo‘jaobod" MFYga borilib, u yerda yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan MFY raisiga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorligi o‘rganildi. O‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada, qurilish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan sifatli darajada yakunlanmaganligi aniqlanib, tanqid qilindi. Mazkur holatni tez fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, qattiq ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 2-sektor hududida joylashgan 7-sonli DMTTga borilib, ushbu muassasaning ozodaligi, sanitariya holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, mazkur maktabgacha ta’lim tashkilot hududida obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati qattiq tanqid qilinib, tegishli rahbarlarga mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 24-sonli Oilaviy poliklinikaning fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvoli, sanitariya holati, tozaligi ham o‘rganilib, tegishli rahbarlarga mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Tuman prokurori tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda