Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

Buvayda tumanida 110,2 km uzunlikdagi ichki yoʻllar asfalt qilindi

×

 2023-08-28 17:33:07    360

PDF yuklash
Chop etish


Yo‘l ta’mirlash ishlari bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buvayda tumanida PQ-408 hamda “Tashabbusli byudjet” va boshqa dasturlar doirasida 35 ta mahallalardagi 110,2 km uzunlikdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘laklari qurish ishlari bajarildi. 

O‘rta Qo‘ng‘irot MFYning “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi 900 metr, “Zumrad” ko‘chasi 900 metr, “Obod yurt” ko‘chasi 800 metr, jami 2.6 km masofadagi yo‘lga asfalt yotqizildi. Qo‘ng‘irot MFYning “Ariq bo‘yi” hamda “Ijodkor” ko‘chalariga 800 m, Tog‘liq MFYning “Baraka” va “Ulug‘vor” ko‘chalari ta’mirlanib, 1.8 km masofaga asfalt-beton yotqizildi. Uzumzor MFYning “Uzun” ko‘chasiga 1 km, “Birinchilar” ko‘chasiga 450 metr, “Guliston zamini” ko‘chasiga 650 metr, “Shirin” ko‘chasiga 900 metr asfalt yotqizildi. Ozod MFY ko‘chalariga 6 km, Yangihayot MFY ko‘chalariga 3 km, Shodlik MFY ko‘chalarining sal kam 3 km qismi asfalt qilindi.

Shuningdek, Dodxo, Qo‘rg‘oncha, Yuqorimang‘it, Ponsod, Xonobod, Qoraqum, Poshshopirim, Begobod, Tarrachi, Beshterak mahallaridagi jami 78 km ga yaqin ichki yo‘llar asfalt qilindi. Maktabga qatnovchi bolalarning yo‘l xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qoratepa MFYning “Muallimlar” ko‘chasidan 15-maktabga olib boruvchi serqatnov yo‘l chetiga 500 metr, Beglar MFYda 3-maktabga olib boruvchi katta yo‘l yoqasiga 800 m, Yuqorimang‘it MFYdagi 22-maktab yo‘liga 2 km, “Yuksalish sari” ko‘chasidagi 1.5 km, 26-maktabga olib boruvchi “O‘rta” ko‘chasiga 1.5 km, jami 6.3 km masofaga piyodalar yo‘lakchasi qurildi.