Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Buvayda tumani prokurori Ziyovuddin Sulaymonov ijtimoiy obyektlar holati bilan tanishdi
2023-08-22 08:42:00 224
Buvayda tumani prokurori Ziyovuddin Sulaymonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2023 yildagi “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi 118-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.Xususan, Qarorga asosan tumandagi 134 ta ijtimoiy soha ob’yektlar (maktab 61 ta, maktabgacha ta’lim 43 ta, tibbiyot 25 ta, madaniyat va sport 5 ta) 4 ta lot kesimida loyihalar shakllantirilgan va bitimlar rasmiylashtirilgan.Shunga ko‘ra, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xususiy sherik tadbirkor tomonidan bitimda ko‘rsatilgan sifat va turdagi isitish qozonlari va ko‘mir mahsulotlarnini yetkazib berilishi va bajarilayotgan ishlar sifati ko‘zdan kechirilib, bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.