Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Savol bering, javob beramiz
2022-12-30 13:20:44 281
Savol: Yaqinda tanishlarimdan o’zini-o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari to’g’risida eshitib qoldim. Men avtomashina bozorida vositachilik bilan shug’ullanaman. Men ishlab pul topayotgan olib borayotgan kasb ham o’zini-o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlariga kiradimi?
Javob: Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslarini balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida gi PQ-366-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra 2022 yil 1-noyabrdan quyidagi faoliyat turlari o’zini-o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxatiga kiritiladi.
- uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
- avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
- rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
- uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
- maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
- gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
- tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
- yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
- uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa er uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini etishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
- kulolchilik.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak 2022 yil 1-noyabrdan boshlab siz shug’ullanagidan kasb ham o’zini-o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlariga kiradi.
Buvayda tumani adliya bo’lmi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish
bo’linmasi bosh maslaxatchisi M.Abdullayev