Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Ishonch telefoni statistikasi

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘RQga o‘zgartishlar kiritildi

×

 2022-12-30 13:08:15    217

PDF yuklash
Chop etish


“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi referendumi — davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va o‘zga qarorlarni qabul qilish, ularni o‘zgartirish, jamoatchilik fikrini aniqlash maqsadida umumxalq ovoz berishi bo‘lib, xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirish vositasidir.

Referendumda qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum o‘tkazish yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Bugungi kunda Referendum o`tkazishda bir qancha qoidalar o`zgarishlarga uchramoqda ular quyidagilar:

Referendumga tayyorgarlik ko‘rishda va uni o‘tkazishda o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari qatnashadi;

Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida ma’lum qiladi (ilgari 15 kun edi);

Kuzatuvchilar harbiy qismlar, va ozodlikdan mahrum etish joylariga borishi haqida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak;

Komissiya a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. Ushbu to‘lov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida beriladi;

Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.

 

 

Buvayda tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi 

                                                                   M. Abdullayev