Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Ishonch telefoni statistikasi

Tender vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish

×

 2022-12-30 12:58:31    320

PDF yuklash
Chop etish


 Ishtirokchi tender taklifini elektron taklif ko‘rinishida o‘zining shaxsiy kabineti orqali e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadi.

Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar davlat xaridlarining electron tizimi quyidagilarni bajaradi:

1. Tender taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.

2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng darhol davlat xaridlarining elektron tizimi quyidagilarni bajaradi:

1. Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolariga ko‘rish imkoniyatini beradi.

2. Tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan so‘ng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xarid komissiyasining mas’ul kotibi quyidagilarni bajaradi:

1. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Tender taklifi tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi bo‘yicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.

Davlat xaridlarining elektron tizimi tender taklifining miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xarid komissiyasi miqdor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) bo‘yicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda davlat xaridlarining electron tizimi quyidagilarni bajaradi:

1. Tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:

tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga ko‘ra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi.

2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan bo‘lsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini g‘olib deb hisoblaydi.

3. Tender takliflarini ko‘rib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan elektron bayonnomada qayd etadi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran qirq besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda xarid komissiyasi a’zolari elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.

G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab o‘n ish kunida davlat buyurtmachisi g‘olib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.

Davlat xaridlarining elektron tizimi tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

 

 

 

Buvayda tuman adliya bo`limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi F.Ibroximov