Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38
Tibbiyotdagi og’riqli nuqta!
2022-12-30 12:31:53 346
Rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda, shu qatori mamlakatimizda ham tibbiyot hodimlariga talab va e’tibor kun sayin ortmoqda.
Ayni vaqtda ushbu soha vakillariga nisbatan qilinayotgan qonunbuzarliklarni oldini olish va umuman barham berish davlat siyosati darajasida muhokama qilinmoqda hamda deputatlarning kun mavzusiga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Inson sog’lig’i yomonlashishi bilan darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilishi hammaga birdek ay’on va inkor etib bo’lmas haqiqatdir. Lekin, har doim ham tibbiyot xodimlarining bemorlarga xizmat ko’rsatishi qoniqarli holatdami? Boshqacha qilib aytganda har doim ham bemorlar tibbiyot xodimlariga o’z sog’liqlarini ishonib topshira olishadimi?
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda tibbiyot xodimlari orasida, ayniqsa bemorning chaqiruviga birinchi navbatda yetib boradigan, unga har qanday holatda birinchi yordam ko’rsatishga tayyor bo’lishi kerak bo’lgan tez-tibbiy yordam xodimlarining ichida bir oyda 2-3 kun, hattoki 1 kun navbatchilikda ishlaydigan, boshqa vaqtlarda esa tibbiyot sohasidan mutlaqo yiroq bo’lgan ish bilan mashg’ul bo’lib yurgan xodimlar mavjud.
Bir oyda o’rtacha 30 kun bor ekanligini inobatga olsak, shundan 2-3 kuni tibbiyot bilan bog’lanib, qolgan 27-28-kun davomida o’z kasbi bilan bog’liq bo’lmagan yumushlar bilan band bo’lgan tibbiyot xodimlariga har qanday bemor ham o’z so’g’lig’ini ishonib topshirishga qo’rqadi.
Tibbiyot muassasalaridagi bo’limlarning o’rtacha shtat birliklari tanlov asosida o’rganilganda, birgina reanimatsiya bo’limining o’rta tibbiy xodimlar (hamshiralar) uchun 5,5-6 stavka shtat birliklari mavjud ekanligi, lekin ushbu bo’limda 45-50 nafargacha hamshiralar ishlab kelayotganligi ma’lum bo’ldi. Tibbiyot muassasalari rahbarlaridan ushbu holatga izoh so’ralganida esa, tibbiyot mutaxassislari ko’p ekanligini, chunki mamlakatimizda o’rta tibbiy xodimlar tayyorlovchi ta’lim muassasalarini bir yilda qanchadan-qancha yoshlar bitirib chiqishayotganligini, ularni ishga olish zarurati tug’ilganligi bois aslida
5,5-6 stavka shtat birliklari mavjud bo’lgan bo’limlarga undan ham ko’proq hamshiralarni ishga olishga to’g’ri kelayotganligini sabab qilib ko’rsatishmoqda. Buning orqasidan ishsizlikka barham berilayotgandek tasavvur paydo bo’lishi mumkin. Ammo, real voqelikga qaraydigan bo’lsak, oyiga 2-3 kun navbatchilikda ishlab, oyning qolgan qismini uyda, dalada, bozorlarda o’tkazayotgan tibbiyot xodimlari ham aslida davlat ishi bilan band bo’lmaydilar-ku.
O’z faoliyatini inson sog’lig’ini asrashdek muhim vazifa bilan bog’lagan tibbiyot xodimlarining faoliyatini tubdan ko’rib chiqish va shu orqali ularning ish hajmini eng kam miqdorini normativ-huquqiy xujjat orqali cheklab qo’yish vaqti keldi mening nazarimda.
Buvayda tumani adliya bo’lmi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish
bo’linmasi bosh maslaxatchisi M. Abdullayev